O‘zbekiston | 08:42 / 03.11.2021
4759
1 daqiqa o‘qiladi

Marg‘ilon shahar xalq ta'limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qo‘lga olindi

Marg‘ilon shahar xalq ta'limi bo‘limi boshlig‘i katta miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirganlikda gumon qilinib qo‘lga olindi.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha, Marg‘ilon shahar prokuraturasi tomonidan shahar xalq ta'limi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bildirilishicha, tergov davomida Marg‘ilon shahar xalq ta'limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qurilish-ta'mirlash ishlari davomida jami 1,7 milliard so‘m miqdordagi mablag‘larini talon-toroj qilganligi va davlat manfaatlariga katta miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan. 

Shu sababli, mansabdor shaxs 2021 yil 1 noyabr kuni gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq, Farg‘ona politexnika instituti mansabdor shaxslari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid