Surxondaryoda va Toshkentda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida va Toshkent shahrida fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uzun tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi umumta'lim maktab direktori M.B. va fuqaro M.M.ning firibgarlik bilan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlangan. Jumladan, ular oldindan til biriktirib, ikki nafar fuqaroni tanishlari yordamida Qozog‘istondagi Chimkent davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga har biridan 1 200 dollardan jami 2 400 dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Bektemir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti magistratura bosqichi talabasi O.R. qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, O.R. fuqaro O.ga go‘yoki o‘zini univesitet dekanati xodimi sifatida tanishtirgan. So‘ng tanishlari orqali uning o‘qishini Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chirib, Milliy universitetning 2-kursiga qabul qilingani haqida buyruq chiqartirib berish hamda fanlardan baho olib berish evaziga 1 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:44 / 06.01.2025
Denovda ko‘prik ochilishiga bag‘ishlangan tadbirga yupun kiyimdagi o‘quvchilar jalb qilindi
11:40 / 28.12.2024
Surxondaryoda 15 yoshli qizini doimiy tarzda kaltaklab kelgan ayol aniqlandi
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:50 / 18.12.2024