O‘zbekiston | 07:48 / 04.11.2021
8484
3 daqiqa o‘qiladi

Ixtisoslashtirilgan maktablarning 2 ming nafar o‘quvchisiga zamonaviy eshitish apparatlari topshirilmoqda

«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Zarbdor tumanidagi 1- va 2-sonli maktablarda bo‘ldi.

Foto: Zamin fondi
Foto: Zamin fondi

«Oldimizda turgan muhim vazifalardan biri - siz o‘zingizni namoyon qilishingiz uchun zarur sharoitlarni yaratib berish. O‘qishda, ishda, ijodda, sportda, ijtimoiy faoliyatda o‘zingizni topa olishingizni istaymiz. Qobiliyatingiz, qiziqishlaringizni yuzaga chiqarishda hech qanday to‘siq bo‘lmasin, deymiz.

Muhim vazifalarimizdan biri – inklyuziv jamiyatni yaratish. Siz o‘z mahoratingizni oshirib, sifatli ta’lim olishingiz va to‘siqlarsiz jamiyatga yanada moslashishingizni istaymiz», dedi Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilar bilan uchrashuvda.

Ziroat Mirziyoyeva har bir bola ta’lim olishda teng huquqli bo‘lishi, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

«Zamin» fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida maktablarga zamonaviy FM tizimlarini sovg‘a qildi. Joriy yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida joylashgan 8 ta ixtisoslashtirilgan maktabda ana shunday jihozlar o‘rnatiladi. 2022 yil oxirigacha respublika bo‘ylab barcha 18 ta maktablar to‘liq jihozlanishi kutilmoqda. 

Foto: Zamin fondi
Foto: Zamin fondi

Shu bilan bir qatorda, o‘quv jarayonida jihozlardan foydalanish bo‘yicha ham o‘qituvchilar uchun xorijlik mutaxassislar tomonidan maxsus treninglar o‘tkazilmoqda.

FM tizim kerakli tovushlarni bevosita o‘quvchining eshitish apparatlariga uzatayotgani tufayli bolalar o‘qituvchi gapini eshitadi va nutqni sinfda ham, shaxsiy darslarda ham rivojlantiradi.

Foto: Zamin fondi
Foto: Zamin fondi
Foto: Zamin fondi
Foto: Zamin fondi
Foto: Zamin fondi

Samaradorlikni ta’minlash maqsadida «Zamin» fondi ko‘magida ixtisoslashtirilgan maktablarning 2 ming nafar o‘quvchisiga 2 donadan zamonaviy eshitish apparati bepul topshirilmoqda. Shu bilan birga, bir guruh mutaxassislar bolalarning eshitish qobiliyatini diagnostika qilish va eshitish vositalarini individual sozlashni amalga oshirmoqda.

Mavzuga oid