O‘zbekiston | 20:21 / 06.11.2021
7034
2 daqiqa o‘qiladi
Innovatsiya vazirligidan 7 istiqbolli yo‘nalishda startaplar tanlovi: unda qanday qatnashish mumkin?
Innovatsiya vazirligi respublika miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha startap loyihalar tanlovini e'lon qildi. Ular orasida Ay-Ti va qayta tiklanuvchi energetika yo‘nalishlari ham bor.
Startap loyihalarni qabul qilishda qanday shartlar qo‘yiladi?
- Arizalar 1 noyabrdan 15 noyabrgacha qabul qilinadi.
- Bir ishtirokchi bitta loyiha bilan ishtirok etadi.
- Startap loyihalar asosida tayyor mahsulot, dasturiy mahsulot, xizmatlar va texnologiyalar yaratishning eng ko‘p muddati 2 yildan oshmasligi lozim?
- Startap loyiha tashabbuskori — startap loyiha asoschilaridan bo‘lishi (kompaniya bo‘lgan taqdirda asosiy ulushdorlardan bo‘lishi).
Startap loyihalar tanlovini o‘tkazish shartlari:
- Tanlovda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamdagi barcha yo‘nalishdagi istiqbolli startap-loyihalarni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart?
- Arizalarni yuridik va jismoniy shaxslar taqdim etishi mumkin.
Qanday sohalarda startaplar qabul qilinadi?
- Mis sanoati;
- Uzumchilik;
- Ipakchilik va jun sanoati;
- Biotexnologiya va tibbiyot;
- Qayta tiklanuvchi energetika;
- Qishloq xo‘jaligi;
- Axborot texnologiyalari.
Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar startup@mininnovation.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Bunda quyidagi hujjatlar asl nusxalari pdf shaklida elektron pochtaga yuborilishi lozim:
- Startap loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza.
- Startap loyiha pasporti.
- Xarajatlar smetasi (.xls/.xlsx).
- Startap loyiha biznes matni (imzo va muhr qo‘yilgan holda, .pdf va .doc/.docx).
- Startap loyiha taqdimoti (10 slayd ) va planshet shaklida loyiha mazmuni to‘liq yoritilganligi (5 daqiqadan oshmaydigan video shaklida tayyorlangan ma'lumotlar ma'qullanadi).
Batafsil ma'lumotni vazirlik saytidan olish mumkin.
Mavzuga oid
08:33 / 17.12.2024
Davlat banklari mahalla startaplariga 50 mln dollar ajratadi
18:57 / 16.10.2024
Startap loyihalar ekotizimini rivojlantirish haqidagi prezident qarori imzolandi
14:16 / 24.08.2024
Yoshlar texnoparklari startapchilari xorijga stajirovkaga yuboriladi
10:39 / 22.01.2024