Iqlim konferensiyasida «energetika kuni»: ko‘mir yomon, biroq hamma ham bu fikrga qo‘shilmaydi
«Energetika kuni» BMTning iqlim bo‘yicha sammiti doirasidagi eng muhim sessiyalardan biri. Unda ko‘mirdan foydalanishdan voz kechish haqida tarixiy hujjat imzolandi. Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya kelishuvga qo‘shilmadi.
Ko‘mirdan voz kechish
Kunning asosiy uchrashuvi ta'sischilar tomonidan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning “Ko‘mirning tarixdagi o‘rni” so‘zlarini takrorlashdan boshlandi.
Konferensiyada ishtirok etayotgan Alok Sharma Energiyaning toza turlariga global o‘tish bayonotini e'lon qildi. Unda ko‘mirga sarmoya kiritishni to‘xtatish va ekologik zararsiz energetika miqyosini kengaytirish haqida so‘z boradi. Dunyoning yirik iqtisodiyotlari joriy asrning 30-yillarida, boshqalar esa 40-yillarga borib ko‘mirdan foydalanishdan asta-sekin voz kechishi kerak.
Hozirgi vaqtda ko‘mirdan foydalanishdan voz kechish haqidagi hujjatda 77ta davlat imzosi bor. Lekin ko‘mir energetikasiga sarmoya kirituvchi yirik manbalar – Xitoy, Yaponiya va Koreya Respublikasi kelishuvga hali qo‘shilmadi.
Va'dalar va haqiqat
Fuqarolik jamiyati vakillari konferensiyaning ko‘mir to‘g‘risidagi kelishuvi “umid beruvchi” bo‘lib tuyulgani, biroq erishilgan kelishuvlardan xursand emasliklarini bildirishdi. Uchrashuv yakunida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida nemis nodavlat tashkiloti Urgewald va Climate Action Network birlashmasi energetika sohasidagi hozirgi holatdan xavotirda ekanliklarini bildirishdi.
“So‘nggi yillarda ko‘mir siyosatida oldinga siljish kuzatilyapti, biroq neft va gaz sohasida hech qanday muhim narsa yuz bermayapti. Sababi – qazib olinuvchi yonilg‘iga sarmoya kiritishga tayyor moliyaviy muassasalar axborot yetishmasligiga duch kelishyapti”, - dedi Urgewald vakili.
Urgewald ma'lumotlariga ko‘ra, kelasi yetti yil mobaynida kamida 506ta neft-gaz kompaniyalari o‘z ishlab chiqarish portfellariga 190 milliard barrel neft ekvivalentini qo‘shishni rejalashtirishyapti.
“Neft va gaz ishlab chiqaruvchilarining 96 foizidan kam bo‘lmagan qismi o‘z aktivlarini kengaytirmoqchi. Tarmoq ishlab chiqarishni kengaytirishga aqlsiz kurs bilan harakat qilyapti, yangi loyihalarning deyarli yarmi qazib olishning eng iflos usullariga tayanadi”, - dedi tashkilot vakili.
AQSh Biologik xilma-xillik markazi energetik adolat dasturi direktori Tszin Chjuning aytishicha, toza energetika borasida baland ovozlarda aytilgan bayonotlarga qaramasdan “Katta yigirmatalik” qarama-qarshi yo‘nalishga qarab ketyapti.
“2018 yildan 2020 yilga qadar G20 mamlakatlari qazib olinuvchi yoqilg‘i olish uchun 188 mlrd dollar ajratishgan, bu esa qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun kiritilgandan ko‘ra 2,5 baravar ko‘proq. Va bu dahshatli”, – dedi Tszin Chju.
Matbuot anjumanida yaxshi yangiliklar ham ma'lum qilindi. Sayyoraning turli mintaqalaridagi davlat moliyaviy muassasalarining katta guruhi, jumladan, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Kanada va Buyuk Britaniya 2022 yil yakuniga qadar qazib olinuvchi yoqilg‘iga sarmoya kiritishni to‘xtatish majburiyatini olishdi.
Mavzuga oid
21:54 / 23.12.2024
Mo‘g‘uliston havo ifloslanishini kamaytirish uchun «ko‘k ko‘mir» ishlab chiqaradi
19:59 / 17.12.2024
Qoraqalpog‘istonda 1 mlrd so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
23:29 / 04.12.2024
Samarqandda aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 50 tonna ko‘mirni sotgan ombor mudiri ushlandi
14:36 / 13.11.2024