O‘zbekistondagi o‘qituvchilarning qariyb 75 foizi koronavirusga qarshi vaksina olgani ma'lum qilindi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistondagi o‘qituvchi, tibbiyot xodimlari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarining qancha qismi koronavirusga qarshi emlanganini ma'lum qildi.
O‘zbekistonda 7 oy avval boshlangan koronavirusga qarshi emlash jarayonlari davomida maktab o‘qituvchilarini emlash uchun 1 199 635 doza vaksina qo‘llanilgan.
Ularning:
- 514 316 dozasi birinchi;
- 398 503 dozasi ikkinchi;
- 286 816 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan vaksinalardir.
74,6 foiz maktab o‘qituvchisi virusga qarshi turli bosqichlarda emlanib bo‘ldi. Umumta'lim sohasi vakillari orasida to‘liq emlangan fuqarolar salmog‘i 45,4 foizga yetdi.
Mamlakatda deyarli barcha tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi turli bosqichlarda emlangan.
Koronavirusga qarshi emlash jarayonlari davomida 99,5 foiz tibbiyot xodimlari virusga qarshi turli bosqichlarda emlanib bo‘ldi.
Bu aholi qatlamini emlash uchun jami 1 014 409 doza vaksina ishlatilib, ularning:
- 450 352 dozasi birinchi,
- 408 355 dozasi ikkinchi,
- 55 702 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanildi.
Tibbiyot sohasi vakillarining orasida to‘liq emlangan fuqarolar salmog‘i 76,8 foizga yetdi.
Mavzuga oid
16:06 / 11.12.2024
Forishda 64 yoshli erkak o‘qituvchi voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shilqimlik qildi
16:40 / 25.11.2024
“42 km yugurish unga cho‘t emas” – 54 yoshida marafon chempioni bo‘lgan yangibozorlik o‘qituvchi
09:30 / 22.11.2024
“Boshida kimyoga umuman qiziqmaganman” – o‘qituvchilik ortidan milliarderga aylangan Mohira Boltayeva
19:44 / 18.11.2024