Hyundai retrofuturizm uslubidagi elektromobilni namoyish etdi
Hyundai kompaniyasi qayta tiklangan va modifikatsiya qilingan Heritage seriyasidagi ikkinchi avtomobilni namoyish etdi.
Kompaniya Mitsubishi bilan birgalikda chiqargan 1986 yil Grandeur sedani modelini yangiladi. Bu haqda Hyundai saytida xabar qilingan.
Avtomobilning tashqi ko‘rinishi deyarli 80-yillardagi kabi, biroq unga pikselli svetodiod fara va chiroqlar o‘rnatilgan. Shuningdek, ayrim bezak elementlari xrom bilan qoplangan.
Mashina ichida hamma narsa o‘zgartirilgan: ovoz va boshqaruv paneliga ega keng formatli sensor ekran o‘rnatilgan, fon yoritgichi va ko‘zgu effektidagi tom qo‘yilgan. Bundan tashqari, soatlarni saqlash uchun maxsus slot va virtual pianino kabi yashirin detallar ham bor.
Konsept yagona nusxada. Hozircha u Seuldagi Hyundai Motorstudio Goyang markazidagina namoyish etildi. Kompaniya Grandeur avtomobiligacha Heritage seriyasida Pony hetchbekini ham namoyish etgandi.
Mavzuga oid
20:20 / 24.11.2024
Hyundai 42 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi
08:20 / 07.09.2024
Farg‘onada yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachaqlanib ketdi
11:36 / 24.10.2023
Hyundai Saudiya Arabistonida yiliga 50 mingtacha avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod quradi
11:17 / 13.07.2023