Jamiyat | 18:07 / 14.11.2021
3116
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda gilam ishlab chiqarish korxonasida yong‘in yuz berdi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan gilam ishlab chiqarish korxonasida yong‘in yuz bergan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
 
Ma'lum qilinishicha, bugun 2021 yil 14 noyabr kuni soat 14:53 larda viloyat FVBga Jomboy tumani A.Qurbonov» MFY Sanoat hududida joylashgan «Ruxshona Omad Tekstil» MChJga qarashli gilam ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar berilgan.

Xabarga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 15:03 da yetib borgan. Soat 15:40 da yong‘in qurshab olingan va soat 16:06 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida korxonaning taxminan 250-300 metr kvadrat maydonda tomi, shifti, kalavalar hamda dastgohlar yonib zararlangan. Hech kim jabrlanmagan.

Hozirda yong‘inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid