Germaniya taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi
Prezidentning “Germaniya taraqqiyot banki ishtirokida "Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda Germaniya taraqqiyot banki (KfW) tomonidan O‘zbekistonda "Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash" loyihasini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida qarz va grant bitimlari imzolangani aytilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 29,8 mln yevro bo‘lib, shundan 26,8 mln yevro KfWning kreditini; 3 mln yevro Loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq konsultatsiya xizmatlari uchun KfW grantini tashkil etadi. Kredit yillik 2 foizli stavkada, 10 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 30 yil muddatga ajratiladi.
Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekistonning barcha viloyatlarida amalga oshiriladi. Amalga oshirish muddati - 4 yil (2021-2024 yillar).
Quyidagilar tasdiqlandi: loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari va mablag‘lardan foydalanish jadvali; loyiha doirasida KfW kreditini va uning foiz to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvali; loyihani amalga oshirish yuzasidan "Yo‘l xaritasi".
Qishloq xo‘jaligi vazirligi loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida monitoring va hisobotni yuritish uchun mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Quyidagi topshiriqlar berildi: Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va MB bilan birgalikda KfW bilan kelishgan holda bir oy muddatda Loyiha doirasida ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarni tanlab olish mezonlarini va beriladigan kreditni moliyalashning muddatlari va shartlari (valuta xatarini hisobga olgan holda), subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda KfW kreditidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish; Moliya vazirligiga KfW qarz mablag‘larini Loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarga: O‘zbekiston valutasida qayta kreditlashda MBning asosiy stavkasidan kam bo‘lmagan stavkada; yevroda qayta kreditlashda jalb qilinayotgan kredit stavkasining 25 foizidan oshmaydigan miqdorda O‘zbekiston marjasi bilan taqdim etish.
Loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarga: kredit liniyasini boshqarish; KfW kreditining o‘z vaqtida o‘zlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini ta'minlash; subloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hisobot va monitoringni yuritish vazifalari yuklandi.
Mavzuga oid
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024
Germaniyada mashina rojdestvo bozoridagi kishilar ustiga haydaldi
22:59 / 19.12.2024
Tashqi qarz bosimi: koalitsiya tarqadi, Shols yutqazishi mumkin
15:56 / 23.04.2024