Jamiyat | 17:28 / 15.11.2021
1688
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda Labo mashinasini olib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Labo mashinasini olib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 19 oktabr kuni, Denov tumani Elobod mahallasida yashovchi, M.Oytosh Sho‘rchi tuman IIBga murojaat qilgan.

U o‘z murojaatida joriy yil fevral oyida Sho‘rchi tumanining Yalti mahallasida yashovchi, K.Jumanazar Labo mashinasini olib berishini aytib 6 ming AQSh dollari va 4 million so‘m pulini olib, o‘zlashtirib ketganligini bildirgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 29 oktabr kuni K.Jumanazarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid