Feldmarshal Xalifa Haftar Liviya prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surdi
Liviya milliy armiyasi bosh qo‘mondoni Xalifa Haftar mamlakat prezidenti saylovlarida ishtirok etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga topshirdi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Haftar prezident saylovlarida ishtirok eta olishi uchun 22 sentyabrda o‘z lavozimini 3 oyga tark etgandi.
“Saylovlar mamlakat botgan og‘ir vaziyatdan chiqishning yagona yo‘lidir”, deb aytgan feldmarshal o‘z bayonotida.
Avvalroq Liviyaning marhum yetakchisi Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Saif al-Islom Qazzofiy prezident saylovlarida ishtirok etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirgani ma'lum qilingandi.
Liviyada 24 dekabrda prezident va parlament saylovlari o‘tkazilishi belgilangan, biroq buning uchun tegishli qonunlarni qabul qilish lozim. Biroq Liviya davlat kengashi Haftarning saylovlarda ishtirok eta olmasligi uchun parlament taklif qilgan me'yorlarni ma'qullamagan va saylovlarni 2023 yilgacha qoldirishga chaqirgan.
Liviyada Muammar Qazzofiy tuzumi qulagandan keyin ikki hokimlik yuzaga kelgan: poytaxt Tripolida xalqaro tan olingan Milliy kelishuv hukumati, mamlakat sharqida esa Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi harakat qiladi.
Mamlakatda prezident saylovlari 2019 yilda o‘tishi kerak bo‘lgan, biroq Haftar kuchlarining poytaxt Tripoliga hujumi sababli keyinga qoldirilgandi.
Mavzuga oid
23:57 / 13.12.2024
Gurjiston prezidenti yangi parlament saylovlariga qadar o‘z lavozimini tark etishdan bosh tortdi
21:33 / 05.12.2024
Yevrokomissiya Ruminiyadagi prezidentlik saylovlari fonida TikTokʼka qarshi tergov boshlaydi
21:16 / 22.11.2024
Lukashenko Belarusda norozilik namoyishlari takrorlansa, internetni «butunlay o‘chirib qo‘yish» bilan tahdid qildi
20:26 / 12.11.2024