Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
Toshkent shahrining avvalgi bosh soliqchisi Navoiy viloyatiga hokim bo‘lib ketgandi.
Yunusjon Nasimjonov O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 16 noyabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev Yunusjon Nasimjonovni mutasaddi idora vakillariga tanishtirgan.
Yunusjon Nasimjonov 1967 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1991 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 1997 yilda Toshkent moliya institutini «Moliya va kredit» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Yu.Nasimjonov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 1993 yilda Toshkent shahar Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi Davlat korxonalariga soliq solish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.
Yu.Nasimjonov soliq organlaridagi faoliyati davomida Farg‘ona va Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent shahar Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida ham ishlagan.
Avvalroq, Toshkent shahar bosh soliqchisi Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Normat Tursunov 2018 yil yozidan buyon Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024