1,6 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarining pochta orqali yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yildi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga urinishlardan birini fosh qildi.
Xorijdan poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga yuborilgan 3 dona pochta jo‘natmasida aslida hujjatlarga muvofiq jami 74 dona oddiy bijuteriya va qo‘l soatlari bo‘lishi lozim edi.
Ammo, jo‘natmalar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, undagi taqinchoqlar qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan ishlangan zargarlik buyumlari ekanligi aniqlandi.
Mazkur holatda 3 ta pochta jo‘natmasida jahonga mashhur nufuzli brendning tilladan ishlangan 664,7 gr og‘irlikdagi 58 dona zargarlik buyumlari, shuningdek 26 dona qo‘l soatlari to‘xtatib qolindi. Mazkur taqinchoq va soatlarning aksariyati esa qimmatbaho olmos toshlari bilan bezalgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 1 mlrd 593 mln so‘mdan oshmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
11:36 / 12.12.2024
Zargarlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etilishi mumkin
17:38 / 05.11.2024
Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta orqali yetkazish yo‘lga qo‘yiladi
10:10 / 31.10.2024