O‘zbekiston | 16:05 / 17.11.2021
33872
4 daqiqa o‘qiladi

Foto: Toshkentdagi «loyli» qor

17 noyabr kungi qor tasvirlangan suratlarda poytaxt havosi qanchalik ifloslangani aks etgan.

Foto: KUN.UZ

So‘nggi yillarda qish qorga boy bo‘lmayapti. Bu safar birinchi qor erta yog‘di. Qish yaqinlashishi bilan bolalar qorbo‘ron o‘ynash, chana uchish, qor odam yasash imkoniyatidan xursand bo‘lishadi. Biroq bu istak biroz keyinroqqa qoldi, chunki...

Kechasi boshlangan yomg‘ir tongga yaqin qorga aylangani ko‘pchilikni shod qildi, biroq ko‘p o‘tmay osmondan sarg‘ish qor yog‘ayotgani ma'lum bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari osmondan tushayotgan qor ustki kiyimlarini ifloslantirayotgani haqida yozishgan va bu qorni «loyli» qor deb atashgan.

«O‘zgidromet» 17 noyabr kuni Toshkent shahri bo‘ylab ifloslangan qor yog‘ganini tasdiqladi. Qor namunalari olinganda ifloslangan qor qatlamlari (qizg‘ish loy rangi) kuzatilgan. Ta'kidlanishicha, ifloslangan qor yog‘ishiga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘lgan.

«Agar Toshkentda 14 noyabrda yog‘inlar yog‘ib havo tozalangan bo‘lsa, Buxoro viloyatida esa yog‘inlar bo‘lmadi. 17 noyabrda respublikaning butun hududiga shamolning tezlashishi va ba'zi joylarda qumli bo‘ron bilan sovuq nam havo massasi kirib keldi. Shamol tezligidan ko‘tarilgan chang masofaga ko‘chdi hamda tuproq va qum rangini bo‘yab, Toshkent shahriga cho‘kdi», deyiladi xabarda.

Telegram'dagi Davletovuz kanali ham 17 noyabr kuni Toshkentda yog‘gan qor va bundan bir yil oldin yog‘gan qorning o‘zaro taqqoslangani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi.

Chamasi soat 11gacha yog‘gan sarg‘ish qor osmondan bor chang-g‘uborni yuvib tushdi, shekilli, vaqt o‘tib atrof oqara boshladi.

Kun.uz fotomuxbiri mavsumdagi ilk qorni kutib olgan Toshkent manzaralarini suratga oldi.

Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido

Mavzuga oid