Jamiyat | 15:50 / 19.11.2021
1901
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda mast holda yurgan piyoda vafot etdi

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Surxondaryo viloyati Angor tumanida sodir bo‘lgan YTHda mast holda yurgan piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 17 noyabr kuni soat 19:10 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-23 avtomobil yo‘lining Angor tumani Navro‘z mahallasi hududidan o‘tgan 4-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1992 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘ziga tegishli Damas mashinasi bilan Angor-Termiz yo‘nalishida harakatlanib borayotib yo‘lning qatnov qismidan kesib o‘tayotgan Termiz tumani Uchqizil mahallasida yashovchi 1982 tug‘ilgan shaxsni urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, piyoda spirtli ichimlik ta'siri ostida mast bo‘lgan va yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tgan. Harakatlanib kelayotgan Damas mashinasining haydovchisi esa qorong‘i bo‘lgani uchun uni ko‘rmay qolib urib yuborgan.

Mavzuga oid