Surxondaryoda sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona oqova suvlarini daryoga oqizib kelgani aytildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida joylashgan «Saidjon Muxammadjon muzqaymoqlari» MChJ sut mahsulotlari va muzqaymoq ishlab chiqarish zavodining oqova suvlarini yillar davomida daryoga oqizib kelgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat ekologiya boshqarmasi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan boshqarma boshlig‘ining 2021 yil 15 noyabrdagi 353-sonli buyrug‘iga asosan «Saidjon Muxammadjon muzqaymoqlari» MChJda ekologik tekshirish o‘tkazilgan.
Tekshirish davomida aniqlangan salbiy holatlar bo‘yicha tegishli ta'sir choralari ko‘rilib, ushbu holatlarni bartaraf etish bo‘yicha korxona rahbariga muddatli majburiy ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, korxona faoliyati davomida hosil bo‘lgan oqova suv namunalarining kimyoviy tahlil natijalariga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 apreldagi 202-sonli qaroriga asosan, korxonaga qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlari hisob- kitob qilingan.
Mavzuga oid
17:44 / 06.01.2025
Denovda ko‘prik ochilishiga bag‘ishlangan tadbirga yupun kiyimdagi o‘quvchilar jalb qilindi
11:40 / 28.12.2024
Surxondaryoda 15 yoshli qizini doimiy tarzda kaltaklab kelgan ayol aniqlandi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
16:35 / 26.11.2024