Sport | 08:13 / 20.11.2021
6875
1 daqiqa o‘qiladi

Urugvay Oskar Tabaresni iste'foga chiqardi. U milliy jamoani 15 yildan beri boshqarib kelayotgandi

Foto: Reuters

Oskar Tabares Urugvay milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. 

Jamoaning JCh-2022 saralashi doirasida qatorasiga 4ta bahsda mag‘lubiyatga uchrab, 7-o‘ringa tushib ketgani iste'foga sabab bo‘ldi.

«Bu qaror Tabaresning Urugvay futboli rivojiga qo‘shgan hissasini inkor qilmaydi. Biz o‘tgan 15 yil davomida erishilgan yutuqlarni olqishlaymiz va e'tirof etamiz. Bu vaqt ichida Urugvay jahon futbolida yetakchilar qatoriga kirdi», — deyiladi Urugvay FA bayonotida.

74 yoshli mutaxassis jamoani 2006 yil fevraldan beri boshqarib kelayotgandi. Urugvay uning qo‘l ostida 2010 yilgi JChda 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan,  2011 yilgi Amerika Kubogida esa g‘olib bo‘lgan. U milliy jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiydir — 234 (eng yaqin ta'qibchidan 67ta bahsga oldinda).

Mavzuga oid