O‘zbekiston | 18:52 / 22.11.2021
2386
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda talonchilik qilgan shaxs ushlandi

Foto: Getty Images

Termiz shahrida talonchilik qilgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 29 oktyabr kuni, Sariosiyo tumani Kelajak sari mahallasida yashovchi, R.Sabohat Termiz shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida joriy yil 29 oktyabr kuni soat 20:30larda, Termiz shahridagi avtomobillarni yuvish shoxobchasi yonida, 2 million so‘mlik “RedMi-7” rusumli telefonini noma'lum shaxs tortib olib qochib ketganini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angor tumanida yashovchi S.Sarvar sodir etgani aniqlanib, gumondor ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.

Qayd etilishicha, 4 noyabr kuni S.Sarvarga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid