O‘zbekiston | 12:35 / 22.11.2021
8944
2 daqiqa o‘qiladi

Transport vazirligi inspektorlari avtomobil tashuvi sohasidagi bayonnomalarni planshet orqali rasmiylashtirishni boshlaydi

Transport vazirligi tomonidan avtomobil tashuvlari sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash, ularga nisbatan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishda elektron tizim o‘rnatilgan planshetlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Vazirlik xabariga ko‘ra, xodimlar tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda avtomobil tashuvlari sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish maqsadida yangi tartibda ishlashga o‘tilmoqda.

Dastlabki bosqichda avtomobil tashuvlari sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish elektron tizim o‘rnatilgan planshetlar orqali Toshkent shahar va Toshkent viloyati Transport boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Planshetlardan foydalangan holda ma'muriy bayonnomalarni rasmiylashtirish jarayonini amaliyotda qo‘llashni tashkil etish maqsadida IIV Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma'lumotlar markazi bo‘lim boshlig‘i va mas'ul xodimlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ma'muriy bayonnomalarni planshetlar yordamida rasmiylashtirish tartibi yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

Tadbir yakunida Toshkent shahar va Toshkent viloyati transport boshqarmalari inspektorlariga biriktirilgan planshetlar taqdim etildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid