«Iqtisodiy o‘sish va xilma-xillik uchun katalizator» - Saudiya shahzodasi suzib yuruvchi eko-shahar haqida
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, Neom kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Muhammad ibn Salmon Neom’da Oxagon sanoat shahri tashkil tashkil etilishi haqida e'lon qildi.
Valiahd shahzoda Neom sanoat shahrida Oxagon – dunyodagi eng yirik suzuvchi sanoat klasteri tashkil etilishini e'lon qildi.
Ushbu loyihani Neom bosh rejasidagi yana bir qadam deyish mumkin bo‘ladi va u Neom’ning kelajakdagi ishlab chiqarish markazlari uchun yangi modelni joriy etishga qaratilgan bo‘lib, Neom’ning insoniyat kelajakda qay tariqa yashashi va ishlashini qayta ko‘rib chiqish strategiyasiga asoslanadi.
Shahzoda shahar ochilishi munosabati bilan nutq so‘zlagan.
«Oxagon sanoat shahri Neom’da xususan va podshohlikda umumiy shaklda iqtisodiy o‘sish va xilma-xillik uchun katalizator vazifasini o‘tab, bizning Vision 2030 («2030-nigohi») maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish orzularimizga to‘la mos keladi
Neom sanoat shahri dunyoning kelajakdagi sanoat rivojlanishi yo‘nalishini qayta belgilashga yordam beradi hamda atrof-muhit himoyasiga hissa qo‘shish bilan birga yangi ish o‘rinlarini yaratish va taraqqiyotga erishishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, Oxagon podshohlikni mintaqaviy tijorat sohasida qo‘llab-quvvatlash bilan birga mintaqadagi global miqyosdagi savdo oqimlarini ham dastaklaydi.
Sanoat shahri rivojlanayotgan va uning hududida ishlar boshlanib ketganidan baxtiyorman va tezlik bilan kengayib ketishini intizorlik bilan kutaman», degan u.
O‘z navbatida, Neom kompaniyasi ijrochi direktori, muhandis Nazmi an-Nasr ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.
«Dunyo ahli Oxagon orqali ishlab chiqarish markazlari borasidagi qarashlarida tubdan o‘zgarishga guvoh bo‘ladi. Bizni hammasidan ham ko‘ra ko‘proq ruhlantirayotgan narsa – bu ko‘plab sheriklarimiz Oxagon’da o‘z loyihalarini ishga tushirishga rag‘bat bildirayotganidir. Aynan ular o‘zgarish yetakchilari bo‘lib, ular sun'iy zakovatning eng yangi texnologiyalari bilan jihozlangan zavodlar tashkil qilishadi va bu bilan ular to‘rtinchi sanoat inqilobining ushbu davri uchun dadil ildamlashni ro‘yobga chiqaradilar hamda The Line ma'lumotlariga ko‘ra, Oxacon keng qamrovli bilimlar shahriga aylanish uchun loyihaning muhim bosqichlarini yakuniga yetkazadi va o‘z aholisiga g‘ayrioddiy hayotni taqdim etadi», degan u.
Oxagon Neom’ning janubi-g‘arbidagi katta maydonni egallaydi. Shaharning asosiy yashil muhiti port atrofiga integratsiyalashgan va logistika xizmatlari markazi sanoat shahri aholisining aksarini o‘zida jamlaydi. Shaharning yerdan foydalanishning eng yaxshi imkoniyatini o‘zida ko‘rsata olgan noyob sakkiz burchakli dizayni atrof-muhitga ham har qanday ta'sirni salbiy kamaytira oladi va bu Neom ning 95 foiz tabiiy muhitni saqlab qolishga bo‘lgan intilishini quvvatlaydi. Shahar shuningdek, dunyodagi eng katta suzuvchi tuzilmani tashkil etadi va Neom’ning barqaror rivojlanishiga erishish uchun dengizlarga tayangan holda «ko‘k iqtisodiyot»ni rivojlantirish markazidir va bu Neom’ning ijodiy va innovatsion rivojlanishga e'tiborini aks ettiradi.
Neom’dagi Oxagon sanoat shahri 2021 yilning yanvar oyida ishga tushirilgan The Line jamiyatlarining falsafasi konsepsiyalariga asoslanadi, chunki u dunyoning 13 foiz savdosi o‘tuvchi Suvaysh kanali yaqinidagi Qizil dengiz sohilidagi ideal joylashuvi orqali tabiat bilan uyg‘un yashashning ajoyib imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham shahar eng zamonaviy integratsiyalashgan port va aeroport aloqasiga ega bo‘lgan dunyoning texnologik jihatdan eng rivojlangan logistika markazlaridan biri bo‘ladi.
Oxagon sanoat shahri sababli Neom dunyodagi birinchi integratsiyalashgan ta'minot zanjiri va port ekotizimiga ega bo‘ladi. Bu yerda port, logistika va temir yo‘l yetkazib berish obektlarining ishlashi standartlashtiriladi, uglerod emissiyasi nol bo‘lgan global unumdorlik darajasi va integratsiyalashgan jismoniy va raqamli ta'minot zanjiri va logistika o‘z vaqtida yetkazib berish imkonini beradi, shuningdek, sanoat hamkorlari uchun samaradorlik va iqtisodiy unumdorlikni ta'minlaydi.
Oxagon sanoat shahri eng ilg‘or texnologiyalarga tayanadi, bulardan, ashyolar interneti (IoT), inson va mashinaning o‘zaro ta'siri, sun'iy intellekt, bashorat qilish va robototexnikalarni misol qilish mumkin. Bularning barchasi to‘liq avtomatlashtirilgan va mustaqil tarqatish tarmog‘i bilan birlashtirilgan bo‘lib, Neom’ning integratsiyalashgan va samarali ta'minot zanjirini yaratish ambitsiyalariga xizmat qiladi.
Neom sanoat shahri toza va ilg‘or sanoat markazi bo‘ladi. Bu yerda 100 foiz toza energiya bilan ishlangani sababli chiqindilar tarqalishi nolga teng bo‘lib, kelajakda bu yer ilg‘or va toza zavodlar tashkil qilish orqali o‘zgartirishni istovchi sanoat yetakchilari uchun markazga aylanadi.
Shu bilan birga, shaharning sanoat rivojlanishi yetti sektorga asoslangan bo‘lib, innovatsiyalar va yangi texnologiyalarga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ushbu tarmoqlar uchun hayotiy asosni yaratadi. Ushbu tarmoqlar barqaror energiya, mustaqil harakatlanish, suv yechimlari innovatsiyasi, barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarish, salomatlik va farovonlik, texnologiya va ishlab chiqarish, raqamli (shu jumladan, aloqa, kosmik texnologiyalar va robototexnika), zamonaviy qurilish usullaridan iborat bo‘lib, bularning barchasi 100 foiz qayta tiklanadigan energiya bilan quvvatlanadi.
The Line’ning ko‘plab xususiyatlari sanoat shahrida o‘z aksini topgan bo‘lib, u shahar landshaftida ajoyib yashashni ta'minlab beradi. Bu yerda g‘ayrioddiy hashamat jamoatlarni loyihalash va ularni yurish uchun ajratish yoki bioyonilg‘i sifatida ekologik toza vodorod energiyasiga tayanib harakatlanish orqali mujassamlashgan. Bioyonilg‘i orqali transport va transport tizimlari oziqlantiriladi. Tabiatni shahar muhitiga uzluksiz integratsiyalashgan holda qatnov vaqtini qisqartirish va ajoyib hayotni ta'minlash uchun jamoalar atrofida tabiiylikni osonlik bilan birlashtiriladi.
Sanoat shahri tadqiqot va innovatsiyalarga asoslangan hamkorlik muhitiga ega haqiqiy aylanma iqtisodiyotni yaratishni maqsad qilgan. Shahar mavjud global markazlar bilan raqobatlasha oladigan ta'lim, tadqiqot va innovatsiyalar (ERI) ekotizimini o‘z ichiga oladi. Sanoat shahri o‘ziga xos tarzda yirik ishlab chiqarish obektlari bilan rivojlanmoqda. Ular jumlasiga dunyodagi eng yirik yashil vodorod loyihasi bo‘lgan Air Producs va ACWA Power hamda NEOM’ni o‘z ichiga olgan uch tomonlama qo‘shma korxonalar loyihalari kiradi. Shuningdek, dunyodagi eng ilg‘or modulli qurilish zavodi, mintaqadagi eng yirik gipermiqyosli ma'lumotlar markazi bo‘lgan NEOM va FAS Energy qo‘shma korxonalari ham bo‘ladi.
O‘z tasnifidagi eng yaxshi normativ standartlariga egaligi va keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashlar orqali mazkur sanoat shahri 2022 yil boshida sanoatchilar, investorlar va biznes egalarini kutib olish uchun jadal rivojlanib borishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024
IUCN’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi
08:10 / 12.11.2024