Jamiyat | 13:36 / 25.11.2021
1912
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda davlat ahamiyatidagi yirik hajmli yuklar o‘tkazilishi sababli xalqaro yo‘ldagi elektr liniyalarda elektr uzilishi aytildi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida davlat ahamiyatidagi yirik hajmli yuklar o‘tkazilishi sababli M37 xalqaro avtomobil yo‘lini kesib o‘tgan liniyalarda elektr vaqtinchalik uzib turiladi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Sergey Malgavko

Ma'lum qilinishicha, M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Ishtixon tumani hududidan o‘tgan qismidan Buxoro-Toshkent yunalishi bo‘ylab balandligi 6 metr, uzunligi 20 metrdagi og‘ir yuk avtomobillari o‘tishi sababli ushbu yulni kesib o‘tgan barcha elektr simlari xavfsizlik uchun o‘chiriladi.

Qayd etilishicha, ushbu yuk avtomobillari 25 noyabr soat 12:40 dan 15:00 atrofida Ishtixon tuman hududidan o‘tishi kutilmokda. Ushbu yuk avtomobillariga ortilgan yuklar davlat ahamiyatiga ega hisoblanadi.

«Ushbu keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan o‘zr so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid