O‘zbekistonda COVID-19’ning to‘rtta shtammi aniqlangan
O‘zbekistonda COVID-19’ning to‘rtta shtammi aniqlangan. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi ma'lumotida aytiladi.
Qayd etilishicha, Ilg‘or texnologiyalar markazida ilk bor 2020 yilda koronavirus shtammlarini aniqlash ishlari olib borilgan, 2021 yilda esa ishlar davom ettirilgan.
2021 yilning boshi va birinchi choragida koronavirusning «Alfa» shtammi tarqalishi kuzatilgan bo‘lsa, shu yilning ikkinchi yarmida «Delta» shtammi keng tarqalgani aytiladi.
«Hozirga kelib esa ilgari qayd etilmagan yangi mutatsiyalar aniqlanmoqda, bu bosqichda ma'lumotlar umumlashtiriladi va ularning bioinformatik tahlili, shuningdek, tadqiqot natijalari nashrga tayyorlanadi», deyiladi ma'lumotda.
Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori, professor Alisher Abdullayevning fikricha, O‘zbekistonda COVID-19'ning to‘rtta shtammi mavjud.
Ularning bittasi «asl» Uhan shtammiga yaqin, u koronavirusga chalinganlarning taxminan 1 foizida aniqlangan. «20A» shtammi esa 7 holatda kuzatilmoqda. Shuningdek yana bir turi «Alfa» yoki Britaniya shtammi deb ataladi, u esa taxminan o‘n foizda qayd etilgan. Shu bilan birga bemorlarning 82 foizdan ortig‘i «Delta» shtammi (Hind versiyasi) bilan zararlangan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
17:43 / 03.12.2024
AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi
23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi
13:54 / 18.09.2024