O‘zbekiston | 07:34 / 27.11.2021
9987
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika endokrinologiya markaziga yangi direktor tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Feruz To‘rayev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: SSV

Tibbiyot fanlari doktori F.To‘rayev 1995 yilda Rossiyaning Novosibirsk tibbiyot institutini tamomlab, o‘z ish faoliyatini akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida shifokor-xirurg sifatida boshlagan. 

Qayd etilishicha, keyinchalik u mazkur tibbiyot markazining yurak orttirilgan nuqsonlari xirurgiyasi bo‘limida katta ilmiy xodim lavozimida mehnat qilgan. 

50 yoshli Feruz To‘rayev shu yilning yanvar oyidan hozirga qadar markazning ushbu bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Mavzuga oid