Jahon | 22:20 / 27.11.2021
21190
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonning Xorug‘ shahrida fuqaro o‘limi sababli bir necha kundan buyon norozilik mitinglari o‘tkazilmoqda

Miting vaqtida o‘q uzilishi natijasida bir kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi yaralangan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Oblast prokuraturasi Gulbiddin Ziyobekovning o‘limini u qo‘lga olish  chog‘ida o‘tochar qurol yordamida qarshilik ko‘rsatgani bilan izohladi.

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom oblasti markazi Xorug‘ shahrida 25 noyabrdan buyon mitinglar davom etmoqda, deb xabar berdi “Aziya-Plyus”.

Mitingga Roshtqala rayoni fuqarosi, 29 yoshli Gulbiddin Ziyobekovning maxsus kuchlar tomonidan qo‘lga olinganidan so‘ng vafot etishi sabab bo‘lgan.

Ziyobekovning qishloqdoshlari u qo‘lga olingan vaqtida yaralangani, Xorug‘ga olib kelinganida vafot etganini ta'kidlashmoqda.

Payshanba kuni Gulbiddin Ziyobekovning qarindoshlari uning jasadini Xorug‘ ma'muriyati oldidagi maydonga olib kelishgan hamda uning qo‘lga olinishi va o‘limi sabablari aytilishini talab qilishgan.

Birozdan so‘ng maydonda o‘q uzilgan. Natijada Roshtqala tumanida yashagan 21 yoshli To‘tisho Amirshoyev halok bo‘lgan, bir necha kishi yaralangan.

Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi bir guruh yoshlar militsiya va milliy xavfsizlik xodimlariga hujum qilib, ularga jarohat yetkazganidan so‘ng o‘t ochilganini bildirdi.

Oblast prokuraturasi Gulbiddin Ziyobekovning o‘limini u qo‘lga olish  chog‘ida o‘tochar qurol yordamida qarshilik ko‘rsatgani bilan izohladi. Prokuratura xabarida aytilishicha, Ziyobekov Tojikiston Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bo‘yicha ayblanib qidiruvda bo‘lgan.

Mavzuga oid