O‘zbekiston | 09:24 / 29.11.2021
1679
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda qurilish mollarini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida qurilish mollarini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 4 noyabr kuni, Denov tumani Chag‘aniyon mahallasida yashovchi G.Gulboy tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 3 noyabr kuni yashash uyidan 1,4 mlnlik suv bochkasi, 400 ming so‘mlik temir pechkasi, 750 ming so‘mlik akfa eshigi va 2,5 million  so‘mlik armatura, kafel hamda sement mahsulotlarini noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘rilikni tumanning Surnaytepa mahallasida yashovchi D.Davron sodir etgani aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalillar olingan.

Qayd etilishicha, 6 noyabr kuni D.Davronga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b”, “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid