Tanzila Norboyeva va Valentina Matviyenko bir-birlariga orden va medallar topshirdi
Tanzila Norboyeva MDH davlatlarida fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlashga qo‘shgan alohida hissasi uchun, Valentina Matviyenko esa O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi shaxsiy hissasi uchun taqdirlandi.
26 noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlament assambleyasi 53-yalpi majlisida qatnashgan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoga “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
Senat matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Valentina Matviyenko prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida faol sa'y-harakatlari va shaxsiy hissasi, ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani kabi bir qancha xizmatlari uchun taqdirlangan.
Bir kun oldin, 25 noyabrda Tanzila Norboyeva MDH ishtirokchi davlatlarida model va milliy qonunchilik, parlamentarizmni rivojlantirish, demokratiya va konstitutsiyaviy tuzumni mustahkamlash, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlashga qo‘shgan alohida hissasi uchun MDH PAning “Parlament hamkorligini mustahkamlash uchun” medali bilan taqdirlangan edi.
Mavzuga oid
23:49 / 20.12.2024
O‘zbekistonning migratsiya siyosatini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti ham ishtirok etadi
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
17:03 / 25.11.2024
O‘zbekistonda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik» tadbirlariga start berildi
16:12 / 22.11.2024