Davlat xaridlari sohasiga taalluqli 21ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Prezidentning 2020 yildagi farmoniga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qilish va ushbu faoliyatni takomillashtirish vazifasi yuklatilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida agentlik tomonidan manzilli va masofaviy o‘rganishlar hamda monitoringlar o‘tkazib kelinmoqda.
Agentlik tomonidan o‘tgan davr mobaynida davlat xaridlari sohasida 24 ta manzilli o‘rganishlar o‘tkazildi va doimiy masofaviy monitoringlar amalga oshirildi. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal etish uchun huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jami 60 ga yaqin so‘rovnomalar kiritilgan bo‘lib, ushbu so‘rovnomalar bo‘yicha 44 ta jinoyat ishlari va 24 ta ma'muriy ishlar qo‘zg‘atilishi ta'minlandi.
Mazkur qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarining 21 tasi, ma'muriy ishlarning 24 tasi davlat xaridlari sohasiga taalluqli hisoblanadi.
Hududlar kesimida Andijon viloyatida 6 ta, Toshkent shahrida 4 ta, Jizzax viloyatida 4 ta, Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Namangan viloyatida 1 ta, Toshkent viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Samarqand viloyatida 1 ta jinoyat sodir etilgan.
Sohalar kesimida o‘rganilganda, qurilish sohasida 11 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 4 ta, ta'lim sohasida 2 ta, sport sohasida 2 ta, madaniyat sohasida 2 ta jinoyat sodir etilgani aniqlandi.
Sodir etilgan jinoyatlarning 2 tasi respublika, 16 tasi viloyat, 3 tasi tuman-shahar tashkilotlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bugungi kunda 18 nafar shaxslarga nisbatan sud hukmlari e'lon qilgani holda jazo muqarrarligi ta'minlangan bo‘lib, 7 nafari rahbar, 3 nafari hisobchi, 1 nafari ijrochi xodim va 7 nafari boshqa shaxslar hisoblanadi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
11:34 / 23.12.2024
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
17:42 / 16.12.2024
7,2 mlrd so‘mlik tender savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilindi
11:34 / 09.12.2024
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
11:24 / 06.11.2024