O‘zbekiston | 08:29 / 30.11.2021
8778
2 daqiqa o‘qiladi
Jamoat xavfsizligi departamentining vazifalari belgilandi
Prezident “O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Jamoat xavfsizligi departamenti tashkil etilganligi ma'lumot uchun qabul qilindi.
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi bo‘linmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, kompleks tahlil qilish hamda ularga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;
- jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etish, jamoat joylarida aholining xavfsizligini ta'minlashda ichki ishlar organlari kuch va vositalarini samarali boshqarish choralarini ko‘rish;
- ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyatini ta'minlash, profilaktik hisob va ma'muriy nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish ishlarini tashkil etish;
- voyaga yetmaganlar va yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qismi bilan manzilli tarbiyaviy va profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish;
- yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash faoliyatini tashkil etish, yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, transport vositasini boshqarishga doir cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish;
- ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etishni ta'minlash, probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish, ijtimoiy moslashtirish va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish ishlarini tashkil etish.
Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari B.Abdullayev zimmasiga jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha yangi joriy etilayotgan boshqaruv tizimini samarali yo‘lga qo‘yish hamda Departamentning asosiy vazifalari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklandi.
Mavzuga oid
16:02 / 20.11.2024
Varshava ko‘chalaridagi o‘limlar 2 barobarga kamaytirildi: qanday qilib?
21:05 / 29.03.2024
Prezident jamoat tartibini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishni buyurdi
14:59 / 13.03.2024
Ikki hududda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
07:37 / 21.02.2024