AQSh «omikron» sababli mamlakatga kiruvchilar uchun talablarni kuchaytirishi mumkin - OAV
Oq uy ma'muriyati AQSh hududida koronavirusning omikron-shtammi tarqalishi oldini olish maqsadida mamlakatga kiruvchilar, jumladan amerikaliklarga qat'iyroq talablar kiritishga tayyorlanmoqda. Bu haqda The Washington Post manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashrning ma'lum qilishicha, AQShga kelishni istovchilar emlangan-emlanmagani va qaysi davlatdan uchib kelayotganidan qat'i nazar, parvozdan bir kun oldin koronavirusga test topshirishlari kerak bo‘ladi. Yangi qoidalar kuchga kirgunga qadar parvozgacha uch kun qolganda test topshirish talabi saqlanib qoladi.
Bundan tashqari, AQShga kelgandan keyin 3-5 kun ichida qayta test topshirish va manfiy test natijaga qaramay bir haftalik karantinni o‘tash variantlarini kiritish ham ko‘rib chiqilmoqda. Qoidabuzarlar jarimaga tortilishi mumkin.
Ushbu choralar AQShning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) tomonidan tayyorlangan buyruq loyihasiga kiritilgan bo‘lib, ushbu hujjat ayni vaqtda sog‘liqni saqlash vazirligi va Oq uy mansabdor shaxslari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Kuzatuvchilar AQSh prezidenti Jo Bayden ushbu choralar kiritilishini 2 dekabrdayoq e'lon qilishi mumkinligini aytishmoqda. Ta'kidlanishicha, Bayden shu kuni qishki mavsum uchun koronavirusga qarshi kurash strategiyasini taqdim qilishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Bayden Michigandagi nutqida strategiyaning asosi iqtisodiy faoliyatni cheklash bo‘yicha choralar emas, balki emlash va qayta emlash bo‘lishini aytgan. Uning ta'kidlashicha, omikron-shtamm xavotir uyg‘otadi, biroq sarosimaga sabab hisoblanmaydi.
Biroq shunga qaramay, AQSh 29 dekabrdan Afrikaning yangi shtamm tarqalgan 8 ta davlati bilan aviaaloqani to‘xtatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024