Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida talabalarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Navoiy shahri va Oltinsoy tumanlarida fuqarolarni o‘qishga kiritish va o‘qishini ko‘chirib berish bilan bog‘liq jinoyatlar fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi U.Yo. fuqaro M. bilan uning singlisini 3 700 AQSh dollari evaziga institutning boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishga kelishgan. U 2 000 AQSh dollari va 17 mln so‘m pulni olgan vaqtida departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali talabalari N.K. va B.T. fuqaro S.ni Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida ta'lim olayotgan qizining o‘qishini tanishlari yordamida Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib berishiga ishontirgan. Departamentning Oltinsoy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda talabalar ushbu “xizmati” uchun 4 900 AQSh dollarini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:10 / 11.12.2024