Prezident videoselektorida uy-joy qurilishida hali o‘z yechimini topmagan masalalar sanab o‘tildi
Prezident raisligida aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yig‘ilish avvalida prezident aholini uy-joy va yashash manziliga yaqin joylarda ish bilan ta'minlash bo‘yicha «Yangi O‘zbekiston» massivlarini barpo etish dasturi loyihasi muhokama qilingani, u qayta ko‘rib chiqilib, massivlar soni 29tagacha ko‘paytirilganini ta'kidladi.
«Bugungi yig‘ilishda ipotekani kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olamiz.
Xabaringiz bor, bundan ikki yil oldin ipoteka tizimi tubdan isloh qilindi. Natijada sohaga sifat va raqobat kirib keldi, hududlarda zamonaviy arxitektura yechimlariga ega loyihalar paydo bo‘ldi.
Shu orqali ipoteka dasturlari doirasida yiliga 35 ming xonadonli uy-joylar qurilmoqda. Bu oldingi yillarga nisbatan 2 baravar ko‘p», deya prezident so‘zlarini keltiradi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Davlat rahbari uy-joy qurilishi va ipoteka tizimida hali o‘z yechimini topmagan ko‘plab masalalar mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi.
Bular:
- ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ancha kam. Xususan, Xonqa tumanida 5 mingta yangi uy-joyga talab bo‘lsa-da, kelgusi yilda atigi 464ta (talabning 9 foizi) uylar qurish reja qilingan;
- bugungi kunda joylashgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul bo‘lgani uchun qiymati 255 milliard so‘mlik 950ta qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi;
- ipoteka uchun budjetdan ajratilgan 1,1 trillion so‘m subsidiyadan 220 milliard so‘mi ishlatilgan, xolos. Respublika bo‘yicha 36 mingdan ziyod ijobiy xulosasi bor oilalarga 900 milliard so‘mdan ziyod subsidiyalar to‘lanmay turibdi;
- aholi tomonidan talab yuqori bo‘lgan o‘rta me'yordagi uylar bo‘yicha quruvchilar bozorga yetarli taklif chiqarmayapti;
- uy-joy quriladigan massivlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lsa-da, yer uchastkalari o‘z vaqtida auksionga chiqarilmagani bois, Toshkent viloyatida – 2,7 ming, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va Xorazmda – 1,5 ming xonadonli uy-joylar qurilishi boshlanmagan;
- viloyat hokimlari va ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari uy-joy qurilishi uchun pudratchi tanlashda 2-3 ta tashkilot bilan cheklanmoqda.
«Buning salbiy oqibatlarini Jizzax misolida hamma ko‘rdi», deb ta'kidladi prezident.
Mavzuga oid
21:19 / 21.12.2024
Tadbirkor prezidentdan shaxsga doir va bank ma’lumotlarini Cloud'da saqlashga ruxsat berishni so‘radi
20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
14:34 / 20.12.2024