O‘zbekiston | 10:04 / 03.12.2021
5626
1 daqiqa o‘qiladi

Umrzoqov Koreya bosh vaziri o‘rinbosari bilan Shavkat Mirziyoyevning Seulga bo‘lajak tashrifini muhokama qildi

Joriy yilning 2 dekabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Xong Nam Ki bilan video-konferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Suhbat kun tartibidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari o‘rin oldi

Tomonlar rejalashtirilgan tadbirlarni tashkil etishda faol hamkorlik qilishga sodiqliklarini bildirdi, shuningdek, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sohasida ishlab chiqilayotgan kelishuvlarni nazarda tutgan holda, oliy darajadagi tashrifning iqtisodiy qismini muhokama qildi.

Kutilayotgan tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish va aniq kelishuvlarga erishish uchun uchta qo‘shma ishchi guruh tuzilganligi ma'lum qilindi. Ularning vazifasi ustuvor sohalarda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha mavjud masalalarni tezkorlik bilan hal qilishdan iborat bo‘ladi.

Muzokaralar yakunida bo‘lajak tashrifning bir qator tashkiliy va mazmundorligi masalalari yuzasidan kelishib olindi.

Mavzuga oid