Jamiyat | 22:00 / 07.12.2021
76756
3 daqiqa o‘qiladi

Kun fotolari: Denovdagi portlash oqibatlari va vulqondan qochayotgan yavaliklar

Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.

7 dekabr kuni soat 03:57da Surxondaryo viloyati Denov shahri markazida joylashgan «Indenim» (sobiq «Yubileyniy») savdo majmuasida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Hodisa oqibatida kamida 9 kishi tan jarohati olgan, 2 kishi vafot etgan.

Hodisa joyiga bosh vazir birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasi safarbar etilgan, holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hozircha boshqa tafsilotlar ma'lum qilinmadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar va videoxabarlarda portlash juda kuchli bo‘lgani, majmua yaroqsiz ahvolga kelgani, portlash kuchi uning atrofidagi boshqa turar joy va ma'muriy binolarga ham zarar yetkazganini ko‘rish mumkin.

4 dekabr kuni Indoneziyaning Yava orolidagi Semeru vulqoni otilishni boshladi. Vulqon yaqinida joylashgan 11 qishloq, jumladan, Sumber Vulux qalin kul va vulqon changi ostida qoldi. Hududdagi achchiq tutun, elektr energiyasi yo‘qligi va tropik yomg‘ir qidiruv-qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilmoqda.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, vulqon otilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 34 kishiga yetdi, 17 kishi bedarak yo‘qolgan, yuzlab kishilar turli darajada jarohat olgan, xavfli hududlardan minglab kishilar evakuatsiya qilingan.

REUTERS/Willy Kurniawan
Foto: EPA/Vostock-photo
Aholi xavfli hududlardan qochmoqda / REUTERS/Willy Kurniawan
Rasmiylar havoning ifloslanishi sababli Semeru vulqoniga 5 kilometrdan ortiq yaqin bormaslikni tavsiya qilgan

Chegaradagi vaziyat keskinlashgan bir mahalda Ukraina prezidenti mamlakat qurolli kuchlari tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan Donbassdagi harbiylarni ziyorat qildi va ularning bir guruhiga davlat mukofotlari topshirdi. 

Zelenskiy Donbass va Qrimda ukrainalik harbiylar tomonidan tinchlik o‘rnatilishi haqida gapirdi. 

Nazvaniye

Afg‘onistonda ayollarning ta'lim olish huquqidagi cheklovlar saqlanib qolmoqda - mamlakatdagi qizlarning ma'lum qismigina maktabga borishi mumkin.

Keniya poytaxti Nayrobida amalga oshirilgan hujumdan keyin politsiya bilan to‘qnashuv hududida o‘tib borayotgan ayol. REUTERS/Baz Ratner
Iroqning Basra shahridagi shifoxona yaqinida amalga oshirilgan terakt tufayli kamida 30 kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralandi. REUTERS/Mohammed Aty
Polshalik chegarachilar Belarus bilan chegaradagi Kuznitsa-Bruzgi chegara-o‘tkazish punktida navbatchilik qilmoqda. REUTERS/Kacper Pempel
Koronavirusga chalingan bemorning qarindoshlari uning xonasi oynasiga bayram kelganini eslatuvchi bezaklar chizishdi. Berlin, Germaniya
REUTERS/Fabrizio Bensch
Filippinda maktablar ochilgach, o‘quvchi sinfxonada niqob taqqan holda to‘siqlar bilan o‘ralgan joyda o‘tiribdi
REUTERS/Eloisa Lopez
Tailand hukumati turizmni jonlantirishga harakat qilmoqda

 

Mavzuga oid