O‘zbekiston | 17:27 / 09.12.2021
23184
1 daqiqa o‘qiladi

Akbar Toshqulov vazir o‘rinbosarligidan ketdi. U rektorlikka tayinlanishi kutilmoqda

Akbar Toshqulov Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda prezident administratsiyasiga aloqador «Nigoh» kanali xabar bermoqda.

Uning qaysi lavozimga o‘tayotgani bo‘yicha hozircha rasmiy ma'lumot mavjud emas.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, Akbar Toshqulov Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor bo‘lishi kutilmoqda. Adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova ham telegramdagi kanalida shunday ma'lumot qoldirgan.

Akbar Toshqulov 2017 yilning aprelida adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Ma'lumot uchun, yuridik universitetning avvalgi rektori Rahim Hakimov shu yilning iyunida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi. Shundan buyon universitetda rektorlik lavozimi vakant bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga oid