O‘zbekiston | 17:52 / 10.12.2021
10511
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident endokrin kasalliklarining og‘ir oqibatlari asosan qaysi hududlarga to‘g‘ri kelayotganini ma'lum qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Kun.uz

"Topshirig‘imga ko‘ra, ikki oy davomida joylarga chiqib, sohadagi haqiqiy ahvol, ham aholini, ham shifokorlarni qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Haqiqatan ham, kasalliklarning oldini olish borasida birlamchi bo‘g‘inda hali qilinadigan ishlar ko‘p. 

Misol uchun, so‘nggi besh yilda endokrin kasalliklari 20 foizga ortib, ayniqsa, yoshlar orasida ko‘paymoqda. Endokrin kasalliklarining og‘ir oqibatlari asosan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Endokrin kasalliklarini birlamchi bo‘g‘inda erta aniqlash uchun murakkab uskunalar xarid qilish shart emas. Buning uchun laboratoriyalarni jihozlash, zarur reaktivlar bilan ta'minlash va nafaqat endokrinolog, balki oilaviy shifokorlarni ham tayyorlash katta samara beradi", deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid