O‘zbekiston | 23:25 / 11.12.2021
10095
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona–So‘x–Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Endilikda haftaning dushanba va juma kunlari Farg‘ona–So‘x–Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.  

Foto: So‘x tumani hokimligi axborot xizmati

12 dekabrdan “Humo Air” MChJ aviakompaniyasi Farg‘ona–So‘x–Farg‘ona yo‘nalishida ilk parvozlarni amalga oshira boshlaydi.

Transport vazirligining xabar berishicha, dastlabki bosqichda aviaqatnovlar haftaning dushanba va juma kunlari Farg‘ona–So‘x yo‘nalishida soat 10:00 da, So‘x–Farg‘ona yo‘nalishida soat 12:00 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Xabarga ko‘ra, parvozlarda AN-2 samolyotlari 30 daqiqa vaqt davomiyligida harakatlanadi.  

Yo‘lovchilar aviachiptalarni Farg‘ona, Andijon va Namangan aeroportlari hamda So‘x tumani hokimiyati binolarida xarid qilish imkoniyatiga ega.

Mavzuga oid