O‘zbekiston | 08:41 / 13.12.2021
2210
2 daqiqa o‘qiladi

11-FLTAL konferensiyasi Buxoro davlat universitetida o‘tkazildi

11-12 dekabr kunlari Buxoro davlat universitetida FLTAL uyushmasining navbatdagi 11-chi xalqaro onlayn-anjumani o‘tkazildi. Unda 20 ta davlatdan 100 nafarga yaqin vakil ishtirok etdi.

Foto: Buxoro davlat universiteti

FLTAL-2021 konferensiyasi “O‘zgarishlar va transformatsiyalar-chet tillarni o‘rganish chorrahasida madaniyatlararo ta'lim” mavzusida nazariy va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda tadqiqot natijalarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha turli nuqtai nazarlarni o‘rganish uchun tadqiqot jamoalarini jalb qilishga mo‘ljallangan.

Foto: Buxoro davlat universiteti
Foto: Buxoro davlat universiteti

Ta'kidlanishicha, tashkilotchilar Buxoro davlat universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Qatar va Birmingem universitetlarida o‘tkazilgan anjumanning jahon talablari darajasida bo‘lishini ta'minlashga erishganlar. Shuningdek, konferensiyada  faol qatnashgan talabalar o‘rtasida «Eng yaxshi maqola» nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Foto: Buxoro davlat universiteti

Ma'lumot uchun, professor Azamat Akbarov asos solgan FLTAL (Foreign Language Teaching and Applied Linguistics) anjumani butun dunyodagi barcha darajalarda til va tilshunoslikni o‘qitishga qiziqqan tadqiqotchilar, amaliyotchilar va o‘qituvchilarni birlashtirishga mo‘ljallangan. Ushbu konferensiya 2011-2016 yillarda Yevropa mamlakatlarida, 2017-2018 yillar Qozog‘istonda, 2019 yil Rossiya hamda 2020 yil Samarqandda o‘tkazilgandi. 

Mavzuga oid