Jahon | 22:25 / 14.12.2021
23754
1 daqiqa o‘qiladi

Taniqli ekspert dollarning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan valutani aytdi

Mark Mobiusning fikricha, yuanda boshqa valutalarga nisbatan imkoniyat ko‘proq.

Foto: China Daily via REUTERS

Mobius Capital Partners investitsiya kompaniyasi asoschisi Mark Mobius dunyo zaxira valutasi sifatida dollarning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan valutani aytdi.

“Yuanda boshqa valutalarga nisbatan imkoniyat ko‘proq deb o‘ylayman. Birinchidan, oltin zaxiralari o‘smoqda. Xitoy eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilardan biri”, dedi u.

Uning fikricha, Pekinning boshqa mamlakatlar bilan yuandan zaxira valuta sifatida foydalanish to‘g‘risidagi kelishuvlari ikkinchi muhim omil hisoblanadi.

Mobius rivojlanayotgan bozorlarga mo‘ljallangan xalqaro siyosatni ishlab chiqishdagi muhim shaxslardan bo‘lgan. U Jahon bankining ekspertlar guruhida faoliyat yuritgan, 2011 yilda Bloomberg Markets jurnalining “50 nafar eng katta ta’sirga ega insonlar” ro‘yxatiga kiritilgan.

Mark Mobius Asia Tatler jurnalida “Boylik to‘g‘risida” deb nomlangan ruknda turkum maqolalarini berib boradi.

Mavzuga oid