Jamiyat | 14:19 / 15.12.2021
1747
2 daqiqa o‘qiladi

Xovos tumanida o‘zboshimchalik bilan qum-shag‘al qazib olgan MChJ rahbariga jinoiy ish ochildi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida «X.Sh.» MChJ rahbari tomonidan intensiv bog‘ tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonidan 202,2 ming metr kub qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olib sotgani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Xovos tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «X.Sh.» MChJ rahbari M.O. jamiyatga hamda «G‘.N.» fermer xo‘jaligiga intensiv bog‘ tashkil etish uchun ajratilgan jami 15,5 gektar yer maydonidan 202,2 ming metr kub qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olib sotganligi natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,4 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid