Qo‘ng‘irotda mahkumni 10 ming dollar evaziga ozodlikka chiqarib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
Qoraqalpog‘istonda mahkumni ozodlikka chiqarib bermoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi DXX hamda IIB hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.
Unda tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Sh.A. manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum F.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 10 ming AQSh dollari evaziga muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berishga kelishgan.
Shu maqsadda mahkumdan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan oldin To‘rtko‘lda tadbirkor bo‘lish istagida bo‘lgan fuqarodan 7 ming dollar talab qilgan firibgar ushlangandi.
Mavzuga oid
08:59 / 18.12.2024
Mahkumlarga masofaviy videouchrashuv huquqi beriladi
17:13 / 05.12.2024
Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi belgilandi
15:49 / 02.11.2024
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri kelmoqda
12:30 / 25.10.2024