O‘zbekiston | 17:50 / 20.12.2021
6373
3 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqoti uchun tashkil etilgan Call-markaz’ga 1500dan ortiq murojaat kelib tushdi

Ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish va bildirilgan takliflarga kompleks yondashish maqsadida murojaatlar qator yo‘nalishlarga ajratilgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot xodimlari bilan «O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun» mavzusida ochiq muloqot o‘tkazishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi.

Mazkur ochiq muloqot doirasida Cog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan maxsus Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

SSV matbuot xizmati xabar qilishicha, Call-markaz’ga shu kunga qadar tibbiyot xodimlari va aholi vakillaridan jami 1512 ta murojaat kelib tushdi.

Tibbiyot xodimlari murojaatlarining 783 tasi (80 foizi) o‘z yechimini topgan bo‘lsa, 190 tasi (20 foizi) ijro jarayonida.

Hududlar kesimida tahlil qilinganida, eng ko‘p murojaat Toshkent shahri (158 ta), Qashqadaryo (100 ta) va Farg‘ona (89 ta), Andijon (82 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish va bildirilgan takliflarga kompleks yondashish maqsadida murojaatlar:

  • birlamchi tibbiy yordam
  • shoshilinch va tez tibbiy yordam
  • ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyati
  • ilm-fan
  • oliy tibbiy ta’lim
  • tibbiy-ijtimoiy himoya
  • farmatsevtika
  • onalik va bolalikni muhofaza qilish
  • sanitariya-epidemiologiya xizmati
  • xususiy tibbiyot
  • malaka oshirish
  • sog‘lom turmush tarzi
  • yuridik xizmat
  • o‘rta maxsus tibbiy ta’lim
  • davlat-xususiy sherikchilik kabi qator yo‘nalishlarga ajratilgan.

Misol uchun, shu paytgacha yo‘llangan murojaatlarning 297 tasi sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘iniga, 109 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga, 95tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyatiga, 74 tasi ilm-fan yo‘nalishiga daxldor. 

Yuqoridagilardan: 

  • birlamchi tibbiy yordam xizmati bo‘yicha 204ta;
  • tez tibbiy yordam xizmati bo‘yicha 80ta;
  • ixtisoslashgan markazlar faoliyati bo‘yicha 69ta;
  • ilm-fan yo‘nalishi bo‘yicha 72ta murojaat o‘z vaqtida hal qilingan.

«Agar tibbiyot sohasiga oid g‘oya va takliflaringiz bo‘lsa, Call-markaz’ning maxsus 1295 raqamiga murojaat qiling. 

Eslatib o‘tamiz, murojaatlarning aksariyati Call-markaz’ga biriktirilgan mutaxassislar tomonidan hal qilinsa, bir qismi tibbiyot xodimlari bilan bo‘ladigan ochiq muloqotda O‘zbekiston prezidentiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkaziladi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida. 

Mavzuga oid