O‘zbekiston | 14:16 / 25.12.2021
11904
1 daqiqa o‘qiladi

“Bu zavod atrofida eng ilg‘or tibbiyot, sport va ma’rifat jamlanishi kerak” – prezident G‘uzor tumani haqida

Ayni paytda “Uzbekistan GTL” zavodining taqdimoti bilan tanishayotgan Shavkat Mirziyoyev zavod joylashgan hududni madaniyat maskaniga aylantirish lozimligini aytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Bu zavod foydasini mahalliy aholi ham his qilsin, sizlarga topshiriq - zavod atrofida satellit korxonalar orqali 10 ming ish o‘rni yaratilsin. Masalan, gilam zavodi Qashqadaryoda yo‘q.

Odamlar ish bilan ta’minlanishi, ishdan chiqib madaniy hordiq chiqarishi uchun sharoit bo‘lishi kerak.

Hordiq chiqarish uchun odamlar boradigan joy yo‘q. Bu zavod atrofida eng ilg‘or tibbiyot, sport va ma’rifat jamlanishi kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Viloyat hokimi Murodjon Azimov va boshqa rahbarlarga zavod joylashgan Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ishchi o‘rinlari hamda madaniy maskan barpo etish to‘g‘risida topshiriq berildi.

Mavzuga oid