O‘zbekiston | 09:12 / 25.12.2021
4610
2 daqiqa o‘qiladi

Qahramon Sariyev o‘z murojaatnomasida qaysi so‘zlarni ko‘p ishlatgani ma’lum bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev qoraqalpog‘istonliklarga qilgan murojaatida “yangi”, “suv”, “qurilish” kabi bir qancha so‘zlarni ko‘p bora ishlatgan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qahramon Sariyevning aholiga murojaatini lingvistik kontent-tahlil qildi va asosiy e’tibor nimalarga qaratilganligini aniqladi.

2021 yil 20 dekabrda Xalq depetatlari viloyat Kengashining navbatdagi 24-sessiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi xalqiga murojaat qildi.

Tasviriy ifodalovchi so‘zlardan foydalanib, hududda 2022 yilda asosiy e’tibor qaratiladigan sohalarni ko‘rish mumkin.

Foto: Kun.uz

Kengash raisi o‘z nutqida jami 3 660 so‘zdan foydalangan. Eng ko‘p “yangi” so‘zini - 26 marta, “suv” so‘zini – 21 marta, “qurilish” so‘zini – 20 marta, “ijtimoiy” so‘zini – 15 marta, “qishloq” so‘zini – 14 marta, “yoshlar” va “aholi” so‘zlarini 12 martadan, “sanoat” va “Qoraqalpog‘iston” so‘zlarini 10 martadan qo‘llagan. Bundan tashqari, “O‘zbekiston”, “xizmat”, “bandlik”, “maktab”, “tadbirkorlik”, “mahalla”, “investitsiya" so‘zlari ham ko‘p takrorlangan.

Murojaatda, “inson – jamiyat – davlat” taraqqiyot strategiyasiga to‘xtalib, asosiy e’tibor 2021 yil davomida erishilgan iqtisodiy o‘sish sur’atlari, amalga oshirilgan investitsion loyihalar, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosiga hamda 2022 yilda viloyatda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlariga qaratilgan.

Foto: Kun.uz

Murojaatnomada Qahramon Sariyev Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlarga 10 yillik imtiyozlar berilgani haqida gapirgandi.

Mavzuga oid