Jamiyat | 15:30 / 26.12.2021
7556
2 daqiqa o‘qiladi

“Toshkent yoshlar forumi – 2021” direksiyasi: noodatiy tarzda o‘tkan forum haqida xulosalar

Foto: “Toshkent yoshlar forumi – 2021” direksiyasi

Bu oddiy forum bo‘lmadi. Bu g‘oyalar va keskin savol-javoblar tutashgan tadbir edi.

Forumga kelgan ko‘pchilik vazirlarni “tayyorlangan savollar bormi?” degan o‘y qiziqtirar edi. Ammo, hech qaysi savol bu ruhda emasdi, buni yoshlar bergan savolning ma’nosidan ham anglash mumkin. Takliflar ham yetarlicha edi. Kimdir o‘z loyiha, g‘oyasini ilgari sursa, yana kimdir shogirdlikka olishini spikerdan so‘radi va albatta, har kimning murojaati javobsiz qolmadi.

Vazirlar, IIB, Milliy gvardiya xodimlari, kino va musiqa san’ati namoyandalari bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirishi mumkin. Sizga kino san’ati qiziq bo‘lsa, Yodgor Sa’diyev bilan bo‘lgan master-klassga kirishingiz, agar siyosatga qiziqsangiz, Adliya vaziri bilan bo‘layotgan suhbatiga kirib savol-javobda ishtirok etishingiz mumkin edi. Bir gap bilan aytganda, forum barcha yo‘nalishlarni qamrab oldi.

Bundan tashqari, Forum ichida “Ayollar forumi” ham bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli Aqida Hanum, Aziza Umarova, Shahnoza Soatova kabi ayollar huquqi himoyasida o‘zining pozitsiyasini ko‘rsata olgan blogerlar bilan uchrashuvlar ham tashkil etildi.

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida xorijda o‘qish uchun grantlar dasturi ishga tushirilgani, tanlovlar o‘tkazilayotgani e’lon qilindi va g‘oliblar taqdirlandi. Toshkent shahar hokimi ishtirokida talabalarga stipendiya topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Toshkent yoshlar forumi – 2021” direksiyasi matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid