Jahon | 17:05 / 27.12.2021
5363
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning Shanhay shahrida “raqamli prokuror” joriy etildi

Sun’iy ong 17 mingdan ortiq ishni o‘rganib chiqqanidan so‘ng prokurorlik qobiliyatiga ega bo‘ldi va 97 foiz aniqlikda ayblov e’lon qiladi.

Foto: Shutterstock

Xitoyning Shanhay shahridagi rayon prokuraturalaridan birida ayblov xulosasini tuzish uchun sun’iy ongdan foydalanildi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, sun’iy ong 2015 yildan 2020 yilgacha Shanhay sudlarida ko‘rilgan 17 mingdan ortiq ishni o‘rganib chiqqanidan so‘ng prokurorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan.

"Raqamli prokuror" 97 foiz aniqlikda ayblov e’lon qiladi.

Xabar qilinishicha, "raqamli prokuror" Shanhayda keng tarqalgan kredit kartalari bilan tovlamachilik qilish, qimor o‘yinlari tashkil etish, avtomobilni xavfli boshqarish, qasddan jarohat yetkazish, hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatish, o‘g‘irlik, firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha hukm chiqaradi.

Mavzuga oid