Surxondaryoda uy olib berishini aytib fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida uy olib berishini aytib fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 24 noyabr kuni Sherobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, tumanning Galaguzar mahallasida yashovchi R.Rustam tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
R.Rustam arizasida 2019 yil 19 oktabr kuni Sherobod tumani Ho‘jgi mahallasida yashovchi D.Dildora uning ishonchiga kirib, uy olib berishini aytib 72 million 314 ming so‘m pullarini o‘zlashtirib ketgani haqida yozgan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 14 dekabr kuni D.Dildoraga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:44 / 06.01.2025
Denovda ko‘prik ochilishiga bag‘ishlangan tadbirga yupun kiyimdagi o‘quvchilar jalb qilindi
12:05 / 06.01.2025
Buxoroda 34 milliardlik kriptoaktivlarni aylantirgan o‘smirga ochilgan jinoyat ishi tugatildi
11:40 / 28.12.2024
Surxondaryoda 15 yoshli qizini doimiy tarzda kaltaklab kelgan ayol aniqlandi
18:14 / 16.12.2024