Jahon | 15:27 / 03.01.2022
5252
1 daqiqa o‘qiladi

2 yanvar kuni dunyo bo‘yicha 15 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi va kechiktirildi

Bekor qilingan parvozlarning yarmidan ko‘pi – 2400ga yaqin reys AQShga to‘g‘ri keladi.

Foto: Reuters

2 yanvar kuni noqulay ob-havo va “omikron” shtammi tarqalishi sababli dunyo bo‘yicha 4 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi, deb yozadi Reuters.

Bekor qilingan parvozlarning yarmidan ko‘pi – 2400ga yaqin reys AQShga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, 11200dan ortiq reys kechiktirilgan. 

Amerikadagi aviakompaniyalar xodimlari yaxshigina moliyaviy rag‘batga qaramasdan, bayramlar davrida ishlashdan bosh tortgan, deya aniqlik kiritadi Reuters.

Kasaba uyushmalari vakillarining ma’lumot berishicha, ko‘pchilik COVID-19 yuqtirishdan xavfsiragan.

Assosiated Press agentligining qayd etishicha, rojdestvo kunlari ham ana shunday vaziyat kuzatilgan. 24 va 25 dekabr kunlari aviakompaniyalar 3900dan ziyod reyslarni bekor qilgan, ularning yarmi Xitoy, 30 foizi AQSh aviatashuvchilariga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid