O‘zbekiston | 12:00 / 03.01.2022
35157
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Quritish funksiyali kir yuvish mashinasini tanlaymiz

Foto: LG

Kiyimlar yuvilib, siqilganida ularni yaxshilab quritish vaqti keladi. Yordamga esa taxlanuvchi quritkichlar, radiatorli isitish tizimlari, eshiklar, balkondagi arqonlar va boshqalar keladi. Biroq qishki mavsum paytida balkon har doim ham yordam bera olmaydi va u hammaning uyida ham bor emas. Jarayonni yengillashtirish uchun quritish mashinasidan foydalanish mumkin. Biroq uni o‘rnatishga uyda kerakli joy bo‘lmasa, nima qilish kerak? Bunday vaziyatda ideal tanlov kiyimlarni quritish funksiyasiga ega kir mashinasi bo‘la oladi. Uning hajmi xuddi standart mashinadagi kabi, funksionalligi esa 2tasi 1da.

Kelgusidagi xaridni amalga oshirishda sizga ko‘maklashish maqsadida biz LG kir yuvish mashinalarining 4 xilini tanlab oldik. Ularning barchasida matoning hajmi va turini tanib, ularning 20 000 gacha bo‘lgan turli xususiyatlarini aniqlaydigan hamda kir yuvishning optimal rejimini tanlaydigan AI DD sun’iy intellekt texnologiyasi o‘rnatilgan. Shuningdek, ushbu kir yuvish mashinalari  bug‘ yordamida kiyimlardan 99,9 foizgacha allergenlarni yo‘q qiluvchi Steam+™ rejimiga ega. Bunday funksiya bolali oilalar va allergiyasi borlar uchun foydali bo‘la oladi.

Va albatta, kir yuvish mashinasining yuragi – motor. Quyida ta’riflangan barcha to‘rt modellarda motorlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Direct Drive™ o‘tkazgichli invertorga ega bo‘lib, kamroq mayda qismlar, energiya samaradorligi va past darajadagi shovqin hisobiga uzoq muddatli xizmatni ta’minlab beradi.

Endi har bir modelni batafsil o‘rganamiz.

Agar sizning oilangiz katta bo‘lsa va uyingizda ulkanroq mashina o‘rnatishga yetarlicha joy bo‘lsa, 15 kilogacha kir yuvish va 8 kilogacha quritish funksiyali maksimal yuklanishga ega LG F0L9DGP2S modeliga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz. Moslashuvchan baraban ko‘proq o‘rin-ko‘rpalar va choyshablar to‘plamini bir vaqtning o‘zidayoq yuvishga imkon beradi. TurboWash™ texnologiyasi bilan esa sizning kiyimlaringiz bor-yo‘g‘i 55 daqiqa ichida toza bo‘ladi.

Foto: LG

Shuningdek, ushbu model  qo‘shimcha TwinWash™ (alohida xarid qilinadi) moslamasiga ega bo‘lib, siz asosiy barabandan tashqari, masalan, faqatgina oq yoki bolalar kiyimlarini alohida yuvishingiz mumkin.  

TwinWash texnologiyasini ikkinchi LG F4V5VG0WR modeli ham ko‘tara oladi. Bundan tashqari, mazkur kir yuvish mashinasi katta bo‘lmagan hajmda 9 kilogrammgacha yuvish va 5 kilogramm bilan quritish rejimiga ega bo‘lib, joyni ham tejashga, ko‘proq liboslarni yuvishga imkon beradi. Yana bir yoqimli, funksional qo‘shimcha sifatida chidamlilik va mahsulot gigiyenasini ta’minlaydigan uning jozibali shishadan tayyorlangan eshigi hamda mustahkam zanglamaydigan po‘latdan yasalgan barabanini misol keltirish mumkin.

Foto: LG

Navbatdagi model – LG F4V5VG2S 9 kg maksimal yuklanishga ega bo‘lib, ichki EcoHybrid texnologiyasi bilan jihozlangan. Uning yordamida siz o‘zingiz uchun optimal quritish rejimini tanlaysiz – masalan, agar suvni tejashni istasangiz «Eko»ni (kondensatsiya jarayoni issiq havo oqimi hisobiga tabiiy yo‘l bilan sodir bo‘ladi) tanlaysiz, agarda vaqtni tejash va elektr iste’molini kamaytirishni istasangiz (quritish intensiv suv aylanishi hisobiga sodir bo‘ladi), standart rejimini tanlaysiz. Bunday funksiyali kir yuvish mashinasi hattoki, past haroratda ham ishlay oladi, shu bilan birga u kiyimni quritish sifatiga umuman ta’sir ko‘rsatmaydi. Birgina sikl davomida 6 kilogacha bo‘lgan kiyimlarni quritish mumkin, bu esa avvalgi modellarga solishtirganda bir xil hajmdagi baraban bo‘lishiga qaramay, 1 kg ko‘proq kiyimlarni quritishni anglatadi. Bu modelning yana bir afzalligi uning chiroyli, zamonaviy dizayni bo‘lib, u har qanday oshxona yoki yuvinish xonasi intereriga mos tushib keta oladi.

Foto: LG

Agar sizda yetarlicha joy bo‘lmasa va quritish funksiyali ixcham kir yuvish mashinasi kerak bo‘lsa, u holda  8,5 kilogacha yuk ko‘tara oluvchi LG F2V5GG2S modeli mos keladi. Siz arzonroq narx evaziga deyarli barcha AI DD, TurboWash, Steam+, Inverter Direct Drive, mobil diagnostika va istalgan yer, istalgan vaqtda kir yuvish jarayonini boshqarish hamda kuzatishga imkon beruvchi ThinQ™ texnologiyalar to‘plamini qo‘lga kiritasiz. Shuningdek, agar siz barabanga sochiq solishingiz kerak bo‘lsa yoki tasodifan qizil kiyimni oq liboslar bilan birga qo‘yib yuborgan bo‘lsangiz, biroq yuvish jarayoni allaqachon boshlangan bo‘lsa, u holda kiyimlarni yuklashgacha funksiyasi yordam beradi.

Foto: LG

Ho‘l kiyimlarni qo‘lda yoyish, taxlanadigan quritkichlar va tekstil arqonchalarni osib qo‘yish jonga tegdimi? Quritish funksiyasiga ega LG kir yuvish mashinalari sizning bo‘yningizdan kirlarni yuvishdan tortib, ular to‘liq qurishigacha bo‘lgan qayg‘urish vazifasidan batamom xalos etadi. Vaqt va kuchni anchayin muhim bo‘lgan ishlarga sarflang!

Sayt: lg.com/uz/standard-washing-machines

Instagram: @lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

#LG

Mavzuga oid