Jamiyat | 09:00 / 05.01.2022
50801
5 daqiqa o‘qiladi

Kasalliklardan tezroq tuzalish va yuqori immunitetga erishishning qulay usuli

Havo haroratining pasayishi bilan kattalar va bolalar o‘rtasida gripp, shamollash kabi mavsumiy kasalliklar ko‘payadi. Mavsum mobaynida bir necha marta shamollashni boshdan kechirayotganlar ham borligi sir emas. Otolaringolog Gulnora Rasulova bilan bu holatlarda tezroq sog‘ayish va yuqori immunitetga erishish usullari haqida suhbatlashdik.

Shamollashning og‘ir kechishi immunitet pastligidan dalolat

Qish faslida aholi orasida yuqori nafas yo‘llari shamollashi kabi kasalliklar ko‘payadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aholining uchdan bir qismida bu kasallik kuzatiladi. Bu kasalliklar burun oqishi, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal, et uvishishi, umumiy holsizlik bilan boshlanadi. Suvchechak, qizamiq, qizilcha, tepki, pnevmoniya kabi ko‘plab turlarga bo‘linadigan bu mavsumiy kasalliklarga qarshi kurashish uchun inson organizmida immunitet paydo bo‘lishi kerak. Shamollashlar, o‘tkir infeksiyali xastaliklarda immunitet turg‘un emas. Shuning uchun har yilgi “shamollash mavsumi”da qancha harakat qilinsa ham havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan bunday kasalliklarga baribir chalinish kuzatiladi.

Gripp va yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi kasalliklarini tarqatuvchi viruslarning turlari nihoyatda ko‘p. Ular inson organizmiga tushgandan keyin organizm immun tizimi qanchalik past bo‘lsa, kasallik shunchalik og‘ir kechadi. Bemorning holatiga qarab tanadagi immunostimulyator holatini belgilash mumkin.

Bolalarda esa yuqori nafas yo‘llari xastaliklari tomoq-burun, halqum, nafas yo‘llaridagina emas, quloqqa ham o‘tishi kuzatiladi. Bunday vaziyatlarda ehtiyotkorlik bilan yo‘l tutilmasa bu kasalliklarning asorati anchagacha davom etishi mumkin.

Gulnora Rasulova
Foto: KUN.UZ

Sog‘ayish uchun qimmat dori shartmi?

Ayrim holatlarda bemorlar tuzalish uchun qimmat dorilar bilan davolanish zarur deb hisoblashadi. Uy sharoitida turli antibiotiklar bilan o‘zlarini davolab, keyin har xil asoratlar bilan shifokorlarga murojaat qilishadi.

Tibbiyotimiz tarixidan ma’lumki, Abu Ali ibn Sino ham xalq tabobatiga katta e’tibor qaratib, dorivor o‘simliklar bilan davolashni afzal ko‘rgan. Hozirgi kunda ham bu eng yaxshi davo choralari hisoblanadi. Masalan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Imunap” dori vositasi tarkibida juda ko‘p dorivor giyohlar mavjud. Vosita tarkibidan joy olgan arpabodiyon, tog‘ yalpizi, cho‘l yalpizi, oltin ildiz, aloe, na’matak kabi shifobaxsh o‘simliklarning har biri alohida davolash xususiyatiga ega. Bular jamlangan holda qabul qilinishi esa inson organizmida immunitetni oshirishga xizmat qiladi.

Imunap” – organizmda immunitet barqarorligi

Tadqiqot o‘tkazish maqsadida yuqori nafas yo‘llari shamollashi bilan og‘rigan 44 nafar bemor tanlab olingan va ulardan 22 nafariga “Imunap” dori vositasi berilgan, qolgan 22 nafariga esa berilmagan. Dorini iste’mol qilgan bemorlarda 3-kundan boshlab isitma chiqmasligi, balg‘am ko‘chishi, holatning yaxshi tomonga o‘zgarishi kuzatilgan.

Shuningdek, quruq yo‘taldan aziyat chekayotgan bemorlarda tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamaytirib, yopishqoq balg‘amlarni oson ko‘chiradi. Surunkali bronxit, surunkali piyelonefrit kabi kasalliklarda yuqori natijali davolash uchun “Imunap” yordam beradi. Chunki ushbu dori vositasi bilan organizmda uzoq muddatli immunitet hosil qilinadi. Hatto siydik yo‘li infeksiyalari bilan kurashishda, o‘pka kasalliklari bor bemorlarda ham shu yuqori natijalar qayd etilgan.

Har bir xastalikka qarshi kurashilar ekan, asosiy e’tibor uning kelib chiqishi, qo‘zg‘atuvchisiga qaratilishi kerak. Ayniqsa dori qabul qilishda imkon qadar tabiiy dorilardan foydalangan ma’qul.

Hozirgi paytda bemorlarda antibiotiklar bilan davolanish odat tusiga aylandi. Bir narsani unutmaslik kerakki, antibiotiklarni qanchalik ko‘p qabul qilish immunitetni shunchalik pasaytiradi. Har doim antibiotiklar qabul qilgach, albatta, u orqali yo‘qotilgan immun tizimni tiklash maqsadida vitaminlar to‘plami tavsiya qilinishi shart.

“Imunap” avvalo, kasallikka chalinmaslik uchun organizmda immun tizim barqarorligini ta’minlasa, xastalikdan xalos bo‘lishni tezlashtiradi va vitaminlar o‘rnida ishlatiladi. Inson salomatligi uchun eng foydali bu vosita har bir xonadonda bo‘lishi tavsiya qilinadi, uni kattalar ham, bolalar ham iste’mol qilishlari mumkin. “Imunap” bilan organizmda yuqori immunitet va kasalliklar bilan kurashish qobiliyatini to‘g‘ri shakllantirish imkoni bor.   

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid