Tuxum eksporti taqiqlanganiga izoh berildi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga ko‘ra, tuxum eksportiga cheklovlar ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi nima sababdan chetga tuxum sotish uchun cheklovlar joriy qilinganligiga izoh berdi.
«2021 yilning sentabr-dekabr oylarida respublika bo‘yicha tuxum narxi 19,6 foizga, ayrim hududlarda esa 20-22 foizgacha qimmatlashdi. Yilning qish mavsumida ushbu mahsulot narxiga qo‘shimcha bosim yuzaga kela boshlaydi.
Tuxum narxining oshishiga qish oylarida isitish xarajatlari oshishi va parrandachilik xo‘jaliklarida kasalliklarning avj olishi, tuxum berishga moslashgan tovuqlarning mavsumiy yangilanishi, ozuqa mahsulotlarining qimmatlashishi hamda kuz mavsumidan boshlab ushbu mahsulotga talabning ortib borishi (boshqa oylarga nisbatan 20-30 foizga oshadi) ta’sir ko‘rsatdi.
Bundan tashqari parrandachilik xo‘jaliklarida ozuqa bazasining yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar sababli ko‘plab xo‘jaliklardagi parrandalar soni umumiy hisobda 1 milliondan ortiq miqdorga kamaygan.
Global pandemiya davom etayotganligi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining aholi xarid qobiliyatiga ta’siri yuqoriligi, shuningdek, ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash muhimligini inobatga olgan holda tuxum eksportiga nisbatan kiritilgan cheklov vaqtinchalik chora hisoblanadi», deyiladi vazirlik bayonotida.
Avvalroq, 2022 yil 1 aprelga qadar tuxum eksporti vaqtinchalik to‘xtatilgani, buning oqibatida esa fermer va tadbirkorlar katta moliyaviy muammolarga duch kelayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:52 / 21.12.2024
O‘zbekiston eksportida xususiy sektor ulushi 60 foizga yetkaziladi
12:56 / 19.12.2024
AQSh O‘zbekiston za’faroni eksporti uchun berilgan ruxsatnoma muddatini uzaytirdi
20:50 / 17.12.2024
O‘zbekistonning 18 tonna zararli pomidori Rossiya bozoriga kiritilmadi
18:11 / 12.12.2024